To'lov
Archazor Mountain Resortda joylashish faqat butun yashash davri narxining 100% oldindan to'lovi bilan amalga oshiriladi.
To'lov quyidagi usullar bilan qabul qilinadi:
- Bank kartalari (Visa, MasterCard, Humo, UzCard)
- Bank o'tkazmasi (yuridik shaxslar uchun)
- Naqd pul
Erta kelish va kech ketish
Standart vaqt
Check-in: 14:00
Check-out: 12:00
Qo'shimcha imkoniyatlar
- 07:00–14:00 erta kelish — sutkalik narxning 50%
- 12:00–18:00 kech ketish — sutkalik narxning 50%
- 18:00 dan keyin — sutkalik narxning 100%
Bronni bekor qilish
Bronni bekor qilish va mablag' qaytarish kurortning ichki qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Mehmon joylashishdan kamida 72 soat oldin bronni to‘liq yoki qisman bekor qilsa, jarima undirilmaydi.
- Mehmon joylashishdan kamida 36 soat oldin, lekin 72 soatdan kam vaqt qolganda bronni to‘liq yoki qisman bekor qilsa, yashash qiymatining 50% miqdori ushlab qolinadi.
- Mehmon joylashishiga 36 soatdan kam vaqt qolganda bronni to‘liq yoki qisman bekor qilsa, to‘lov qaytarilmaydi.
- Mehmonlarning mehmonxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra kechikib kelishi yoki muddatidan oldin ketishi holatida, bron qiymati qaytarilmaydi.
Muddatidan oldin ketish
Muddatidan oldin ketganda qolgan sutkalar uchun foydalanilmagan mablag' qaytarilmaydi.
Bronni o'zgartirish
Sanalar yoki xona toifasini o'zgartirish bo'sh xonalar mavjud bo'lganda mumkin. Iltimos, o'zgartirishlar kiritish uchun oldindan biz bilan bog'laning.